Jannatda namoz o‘qiladimi va bir odam o‘zi ummat bo‘lishi

Assalomu alaykum! Odamlar jannatdaxam namoz o‘qishadimi? 2). Qiyomatda bir odam ummat bo‘lishini eshitib qoldim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir odamni faqat o‘zi ummat bo‘ladi deganlarini eshitdim. U odam kim?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Xohlasalar.
2). Quyidagi hadisdan ulamolar har bir aql egasi birortasi unga yo‘l ko‘rsatmasada o‘zi aqlini yuritib to‘g‘ri yo‘lni topishi shart deganlar. عَنِ ابْنِ عُمَرَ: أَنَّ زَيْدَ بْنَ عَمْرِو بْنِ نُفَيْلٍ خَرَجَ إِلَى الشَّأْمِ، يَسْأَلُ عَنِ الدِّينِ وَيَتْبَعُهُ فَلَقِيَ عَالِمًا مِنَ الْيَهُودِ، فَسَأَلَهُ عَنْ دِينِهِمْ، فَقَالَ: إِنِّي لَعَلِّي أَنْ أَدِينَ دِينَكُمْ، فَأَخْبِرْنِي. فَقَالَ: لَا تَكُونُ عَلَى دِينِنَا حَتَّى تَأْخُذَ بِنَصِيبِكَ مِنْ غَضَبِ اللهِ. قَالَ زَيْدٌ: مَا أَفِرُّ إِلَّا مِنْ غَضَبِ اللهِ، وَلَا أَحْمِلُ مِنْ غَضَبِ اللهِ شَيْئًا أَبَدًا، وَأَنَّي أَسْتَطِيعُهُ، فَهَلْ تَدُلُّنِي عَلَى غَيْرِهِ؟ قَالَ: مَا أَعْلَمُهُ إِلَّا أَنْ يَكُونَ حَنِيفًا. قَالَ زَيْدٌ: وَمَا الْحَنِيفُ؟ قَالَ: دِينُ إِبْرَاهِيمَ، لَمْ يَكُنْ يَهُودِيًّا وَلَا نَصْرَانِيًّا وَلَا يَعْبُدُ إِلَّا اللهَ. فَخَرَجَ زَيْدٌ فَلَقِيَ عَالِمًا مِنَ النَّصَارَى، فَذَكَرَ مِثْلَهُ، فَقَالَ: لَنْ تَكُونَ عَلَى دِينِنَا حَتَّى تَأْخُذَ بِنَصِيبِكَ مِنْ لَعْنَةِ اللهِ. قَالَ: مَا أَفِرُّ إِلَّا مِنْ لَعْنَةِ اللهِ، وَلَا أَحْمِلُ مِنْ لَعْنَةِ اللهِ وَلَا مِنْ غَضَبِهِ شَيْئًا أَبَدًا، وَأَنَّى أَسْتَطِيعُ، فَهَلْ تَدُلُّنِي عَلَى غَيْرِهِ؟ قَالَ: مَا أَعْلَمُهُ إِلَّا أَنْ يَكُونَ حَنِيفًا. قَالَ: وَمَا الْحَنِيفُ؟ قَالَ: دِينُ إِبْرَاهِيمَ، لَمْ يَكُنْ يَهُودِيًّا وَلَا نَصْرَانِيًّا وَلَا يَعْبُدُ إِلَّا اللهَ. فَلَمَّا رَأَى زَيْدٌ قَوْلَهُمْ فِي إِبْرَاهِيمَ  عَلَيْهِ السَلام خَرَجَ، فَلَمَّا بَرَزَ رَفَعَ يَدَيْهِ فَقَالَ: اللَّهُمَّ إِنِّي أَشْهَدُ أَنِّي عَلَى دِينِ إِبْرَاهِيمَ Ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:
«Zayd ibn Amr ibn Nufayl din to‘g‘risida so‘rab-surishtirib, bilganlariga amal qilib, Shom tomon yo‘lga chiqdi. Yahudiylardan bir olimni uchratib qolib, ularning dini haqida so‘radi: «Ehtimol, men sizlarning diningizni tutarman, menga (dining haqida) aytib ber». U: «Toki Allohning g‘azabidan o‘z nasibangni olmas ekansan, bizning dinimizda bo‘la olmaysan», dedi. Zayd: «Men o‘zi Allohning g‘azabidan qochib yuribman-ku! Hech qachon Allohning g‘azabidan biror narsani ortib olmayman! Qanday ham bunday qila olardim? Meni bundan boshqasiga yo‘llab qo‘ya olasanmi?» dedi. U: «Men buni bilmayman, faqat haniflikkina* bo‘lishi mumkin», dedi. Zayd: «Haniflik nimasi?» dedi. U: «Ibrohimning dini. U yahudiy ham, nasroniy ham bo‘lmagan. U Allohgagina ibodat qilardi», dedi. Keyin Zayd yana yo‘lga tushdi. U nasroniylardan bir olimni uchratib qoldi, unga ham o‘sha gapni aytdi. Shunda u: «Toki Allohning la’natidan o‘z nasibangni olmas ekansan, bizning dinimizda bo‘la olmaysan», dedi. (Zayd) «Men o‘zi Allohning la’natidan qochib yuribman-ku! Hech qachon Allohning la’natidan ham, g‘azabidan ham biror narsani ortib olmayman! Qanday ham bunday qila olardim? Meni undan boshqasiga yo‘llab qo‘ya olasanmi?» dedi. U: «Men buni bilmayman, faqat haniflikkina bo‘lishi mumkin», dedi. «Haniflik nimasi?» dedi. U: «Ibrohimning dini. U yahudiy ham, nasroniy ham bo‘lmagan. U Allohgagina ibodat qilardi», dedi. Zayd ularning Ibrohim alayhissalom haqidagi gaplarini eshitib, yo‘lga chiqdi va kenglikka chiqqach, ikki qo‘lini ko‘tarib: «Allohim! Guvohlik beramanki, albatta, men Ibrohimning dinidaman», dedi».

* Haniflik – Ibrohim alayhissalomning dini. «Hanif» so‘zi aslida «qing‘ir qadam bosadigan», «maymoq» degani bo‘lib, Ibrohim alayhissalom o‘z qavmining shirk dinidan yuz o‘girgani uchun u kishini shunday deb nomlashgan edi. Keyin Alloh taolo bu sifatni nohaqlikdan haq tomon yurish mazmunida Ibrohim alayhissalom uchun maqtov qilib berdi va u kishi e’tiqod hamda amal qilgan tavhid dini shu nom bilan ataladigan bo‘lib qoldi. (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). Vallohu a’lam!

25 May 2022, 20:56 | Savol-javoblar | 178 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar