Zinodan bo‘lgan homilani oldirish

Assalamu Alaykum Shayx Xazratlari. Uzr bir masalada maslahatiz juda ham zarur. Internet orqali bir 23 yoshlardagi qiz musibatda qolgani haqida gapirib maslahat so‘ragandi. Ya’ni U nikohsiz, zinodan homilador bo‘lib qolibdi, yigit esa unga uylana olmas emish, chuni uni o‘z oilasi bor ekan. U qizni uyidagilarini hali hech narsadan habarlari yo‘q ekan. Qiz sharmanda bo‘laman deb o‘z joniga qasd qilishni yoki homilani abort qildirishni o‘ylab yuribdi. Hazratim nima maslahat berasiz, bu voqeani bilib nixoyatda kayfiyatim buzildi, oilasi ayoli bo‘lib turib boshqa qizni hayotini buzib o‘zi hotirjam yashaydigan erkaklar ham borligidan uyaldim. Hazrat savol bilan vaqtingizni olgan bo‘lsam uzr. Alloh tanu joningizni salomat aylab, cheksiz ajru azimlar ato aylasin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- O‘sha odam ham, qiz ham gunohkor. Ular nikohlanishlari eng oson yo‘l.

27 May 2022, 00:33 | Savol-javoblar | 172 | Tabobat
|
Boshqa savol-javoblar