Chigirtka eyish to‘g‘risida

Assalomu alaykum! Ma’lumki chigirtkani eyishga shariatimiz ruxsat beradi. Shu o‘rinda savol tug‘ildi. Xadisda keltirilgan (الجراد Aljarad) xashorati bizni tilda "chigirtka" deb atalyapti, rus tilida esa "sarancha", va rus tilida "sverchok" deb ataluvchi xashorat xam bizni tilda "chigirtka" deb ataladi. Arab tilida xam "Sverchok" tarjimasi " الليل صراصير sarasir allay" ya’ni tungi suvarak manosini beryapti. Bilishimcha xozirda ko‘p davlatlarda suniy boqilayotgan va turli eguliklar ishlab chikarilayotgan xashorat aynan "Sverchok". "Sarancha" xashorati esa yirik va asosan tabiatda uchraydigan xashorat. Bu ikkala xashorat "Sarancha" va "Sverchok" ni lotincha nomi xam xar xil. Men noto‘g‘ri tushungan bo‘lsam uzr so‘rayman. Savolim shuki, Aynan shu "Sverchok" deb nomlanayotgan xashoratni eyish mumkinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Hadisda quyidagicha keladi:عَنِ ابْنِ أَبِي أَوْفَى رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: غَزَوْنَا مَعَ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ سَبْعَ غَزَوَاتٍ أَوْ سِتًّا، كُنَّا نَأْكُلُ مَعَهُ الْجَرَادَ.Ibn Abu Avfaa roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. 
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam bilan ettita yoki oltita g‘azotda ishtirok etdik. U zot bilan chigirtkani er edik».
Buxoriy rivoyati.
Sharh: Ushbu hadisi sharifdan chigirtka halol ekani, uni Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam ham, sahobai kiromlar ham tanovul qilganlari kelib chiqadi. (Hadis va hayot kitobidan). “I’lous sunan”da quyidagicha aytilgan:
“Chigirtka halol ekanligiga ijmo’ qilingan. Faqatgina Ibnul Arobiy Sharhut Termiziyda hijoz va andalus chigirtkalarini farqlab, andalus chigirtkasi haqida: “Eyilmaydi, chunki bu ayni zarardir”, degan. Ibn Hajar: “Agar boshqalarda topilmaydigan o‘ziga xos zaharga ega bo‘lgani uchun uning zararli ekani sobit bo‘lsa, uni (eyish) mustasno ekanligi tayin topadi”, degan. Aytamanki: “...U chigirtka shaklidagi mutlaqo boshqa jonzot bo‘lishi ham mumkin, bas, bu holda u haromdir.”
 Agar siz so‘rayotgan narsa ham aslida “الجراد” (chigirtka) emas, unga o‘xshash boshqa narsa bo‘lsa, haromdir. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 19:56 | Savol-javoblar | 158 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar