Namoz ukishimga kaynotam karshi

Assalomu alaykum Shayh xazratlari.Savollarimga qimmatli vaqtingizni ayamay javob berganingiz uchun tashakkur.Alloh umringizni ziyoda kilsin.Shu kunlarda meni bir xolat kiyin axvolga solib qo‘ymoqda.Har namozga tayyorgarlik kurayotganimda qaynotam"menga desa namoz o‘qimaganingiz yaxshi,xamma balo namoz o‘qiyotganlardan chiqyapti"deydigan bulib qoldi.Avvaliga e’tibor bermay "dada tavba qildim deng,o‘qisam o‘zim uchun o‘qiyapman,noto‘g‘ri fikrlamang undan ko‘ra o‘zingiz xam namoz o‘qing yoshingiz xam bir joyga borib qoldi,ertaga bormizmi yo yuqmi Alloh biladi"deb yaxshilikcha tushuntirmoqchi buldim.afsuski olovga kerosin quyibman. "Xech qachon tavba qilmayman,menga aql o‘rgatmang,siz xam qachon pensiyaga chiqsangiz shunda o‘qing" dedi. Boshka gap talashgim kelmadi,lekin dilim og‘ridi.Chunki gunox-u,ma’siyatlar ichida yurib endigina Yaratgan Egam qalbimga solgan iymon nuri ila xaq yo‘lni topgan edim va bu yo‘ldan adashtirmasligini chin dildan xoxlayman.Siz yozgan kitoblaringizni imkon qadar topib o‘qishga xarakat qildim va anchagina bilmagan larimni o‘rgandim.Bir narsaga amin bo‘ldimki kuch quvvatni borida ibodatda imkon qadar bo‘lmoq kerak ekan.shuning uchun "Allohga osiy bo‘ladigan o‘rinda,mahluqiga itoat yuq" degan iboraga amal qilgan xolda,namozni yashirib o‘qimoqdaman.So‘raydiganim esa,duo qiling Hazrat Alloh shunday bandalariga va shular qatorida qaynotamga insof bersin va qalbiga iymon nurini solsin.Xaq yulidan adashtirmasin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Baraqalloh! Alloh taolo xayringizni bersin! Ibodatni ixlos bilan ado etishda davom eting. Alloh taolo barchaga, jumladan qayn otangizga ham insofu tavfiq, rushu hidoyat bersin!

27 May 2022, 00:34 | Savol-javoblar | 133 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar