Qazo namozlarning o‘qilishi

Assalomu alaykum rahmatullohu va barakotuhu Hazrat!Sizni va ahlingizni muborak qurbon hayiti bilan tabriklayman. Musulmonlar baxtiga Alloh Sizni o‘z panohida asrasin. Ustoz men Allohning inoyati bilan namoz o‘qishni 24 yoshimda o‘qishni boshlaganman. Ustoz men qazo namozlarimni necha yoshdan boshlab hisoblab o‘qisam bo‘ladi? (Men hozirgi kunda necha yoshdaligimda balog‘atga etganlik nishonasining ro‘y berganini eslay olmayman, shuning uchun qazo namozlarimning aniq qanchaligini bilolmayapman). Ustoz qazo namozlarini kunini, vaqtini aniq aytib o‘qish yaxshiligini Sizdan savol so‘rab bilib olgan edim. Mana shu qazo namozlarini har kuni oz-ozdan o‘qib kamaytirgan afzalmi yoki bo‘sh vaqt bo‘lganda (dam olish kunlarida bo‘sh bo‘laman) qanchaga imkon bo‘lsa, shuncha o‘qish afzalmi? Assalomu alaykum rahmatullohu va barakotuhu!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- O‘n ikki yoshdan oling. Har kuni o‘qigan afzal.

27 May 2022, 00:38 | Savol-javoblar | 142 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar