Mansabparastlar orasiga tushib qoldim
Assalomu alaykum. Avvalo kelayotgan kelayotgan Qurbon bayram bilan tabrikliman.Men anchadan buyon firmalar buxgalteriyasini qilib yuraman. Yaqinda yuqori davlat tashkilotining respublika boshqarmasiga buxgalteriyasiga katta buxgalter lavozimiga ishga qabul qilindim.Malumot o‘rnida buxgalteriya ikki xil bo‘ladi. birinchisi Xo‘jalik buxgalteriyasi bundan barcha firma va korxonalar ishledi. Budjet buxgalteriyasi bunda faqat davlatning buxgalteriyasi yuritiladi.men xo‘jalik xisobi yani buxgalteriyasini xar xolda yaxshi bilaman. lekin budjet buxgalteriyasini bilmaganligim sababli shu idoraga xozircha katta buxgalter lavozimiga qabul qilindim. budjet xisobini o‘rganganimdan so‘ng meni bosh xisobchi o‘rinbosariga qo‘yishni aytishdi. Sobiq bosh xisobchi o‘rinbosari lavozimi tushirilgan. xozirda men bilan birga ishlamoqda. Muammoyim.Shu insonni o‘rnini egallayotganligim sababli u meni xamma ishlarimni tekshirib, xato va kamchiliklarimni qidirib yuribdi. arzimagan xatoyimni topib qolsa xam boshliqqa kirib meni yomonlamoqda. Men xato qilishdan qo‘rqmiman. Banda ekanligimni bilaman. lekin u oshirib yubordi. Butun respublika bo‘yicha xisobotlar qabul qilish menga topshirildi. Davlat buxgalteriyasi bo‘yicha qabul qilishim kerak edi. buni esa bilmas edim. SHu sababli shu insonni ko‘rsatmasi bo‘yicha barcha xisobotlarni qabul qildim. bu xisobotlarni yuqori tashkilotga topshirgani bordik. u erda men qilgan barcha xisobotlarim umuman noto‘g‘ri ekanligini ko‘rsatildi. men shu paytgacha bunchalik ko‘p xato qilmagandim. va bu ishlarni barchani o‘sha insonni aytgande qilgandim. Yuqori idora bilan ishimni bitqazdim lekin bu insonni meni xamma erga yomon ko‘rsatib qo‘ydi. bundan qo‘rqiman. menda asosan 2 ta yirik xato bo‘lgan buni esa u aytmagan edi. ishimni tugatganimda o‘zi tekshirib to‘g‘ri degan xam edi. shu bilan ishimni xatolari butun yuqori tashkilotlarga ketdi. xamma ayb menda bo‘lib qoldi.Bu insonni maqsadi meni yomon ko‘rsatib ishdan chetlatish ekan. xatolarimni ko‘rib bilib turib bu xaqida menga aytmagan. yuqori tashkilotlar oldida xam o‘zini oppoq qilib oldi. buni - men uni o‘rniga kelganim uchun qilgan deb o‘ylagandim. lekin unday bo‘lmadi. bu insonni xammaga nisbatan shunday ekan. yuqori tashkilotlarda bizni glavniy buxgalterimizni ko‘zimni oldida yomonladi. xamma ayb unda deb aytdi. meni o‘zimga esa "bizni glav buximiz vazirlikdegilar bilan tortishib kelganligi sababli xatolar topayotganligini aytdi" lekin idoramizga qaytishimiz bilan glav buximizga umuman boshqacha gaplarni gapirdi. idorada meni aybladi. Glav buxgalterimiz xam menga tanbex berdi. Albatta bu meni aybim bo‘lgan. Lekin buni ko‘rib turib shu inson menga indamagan. Sizdan shuni so‘ramoqchimanki menga birovni aybini topib unga yomonlik qilish yoqmidi. umuman bunday ish qila olmiman. shu insonni ishini ichida shu darajada ko‘p xatosi borki, bu xatolar bilan u aniq ishdan bo‘shidi. men uning qo‘pol xatolarini bir necha marotaba to‘g‘irlab xam berdim, va boshqa xatolarini xam ko‘rib turibman. Men nima qile. men xam uni xatolarini topib qarshi chiqemi. buni bir kunda qila olaman. u deyarli buxgalteriyani bilmas ekan. lekin yomon qilishdan qo‘rqyapman. shunday tashlab qo‘e desam uni deb ishdan bo‘shashim mumkin. ikkilanib qoldim. bu xaqida boshliqqa aytishga g‘ururim yo‘l qo‘ymayapti va bu ig‘voga kirmasin diyapman. o‘zi bu qilgan xatoyim xam u darajada katta xato xisoblanmidi lekin u chumolidan fil yasab yubordi. o‘zimga qo‘yib berganida bir kunda to‘g‘irlab berar edim. Bir kvartlada firmalar xisobotidan kamida 50 tadan ko‘pini statistika va soliq idoralariga topshirib o‘tkazaman. xozir xam 4 ta firmada glavniy buxgalterlik qilaman. shu bilan davlat ishida xam ishleman. Olloxga shukurki shu paytgacha ishimda katta kamchilik va to‘g‘irlab bo‘lmidigan xatolar bo‘lmagan. Oddiy xisobotda shunchalik dakki eshitganim va uni menga orqadan pichoq sanchigani dilimni og‘ritdi. uzr savolim juda cho‘zilib ketdi.Nima qilishim kere. Qaysi yo‘lni tanle. Keyin iltimo duo qiling. Meni xalqim, vatanim uchun katta foydam tegsin. Nafaqat xalqimga butun insoniyatga foydam tegishini xoxliman. Iltimos duo qiling.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Agar haligi odamning xatolari davlatga va odamlarga zarar etkazadigan bo‘lsa, rahbarlarga aytishingiz kerak. Sizning xatoingizni topgani uchun emas, jamiyatga zarar etkazgani uchun. Sizga qarshi qilgan ishlarini ham rahbarlarga ayting.
27 May 2022, 00:38 | Savol-javoblar | 172 | Dolzarb savollar
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Agar haligi odamning xatolari davlatga va odamlarga zarar etkazadigan bo‘lsa, rahbarlarga aytishingiz kerak. Sizning xatoingizni topgani uchun emas, jamiyatga zarar etkazgani uchun. Sizga qarshi qilgan ishlarini ham rahbarlarga ayting.
27 May 2022, 00:38 | Savol-javoblar | 172 | Dolzarb savollar