Pirlarni ziyorati
Assalomu alaykum! Meni bir narsa o‘ylantiradi bizning mahallada pir bobo bor ko‘pchilik odamlar hatto uzoqlardan ham kelishadi shu kishini oldilariga. Aytishlaricha ko‘pincha kasallar va shunga o‘xshash odamlar kelisharkan. Pir boboning ajdodlari Amudaryoni suvi toshib kelganda hassasi bilan suvni qaytargan degan gaplar ham bor.Kelin-kuyovlar to‘ylari kuni ham dasturxon tugib pir boboni ziyorat qilishga borishadi bu hamma qilishi shartday bir odat bo‘lib qolgan. 1.Savolim shundan iboratki odamlarning pir boboga ishonishlari to‘g‘imi? 2. Yaqinda to‘yim bo‘ladi inshaAlloh shunda pir boboni ziyorat qilishimiz kerakmi? Agar o‘zimizdan katta insonlar ziyoratga borasizlar deb turib olsalar biz borsak gunohkor bo‘lib qolamizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bormaslikka harakat qiling, mabodo borsangizngiz ham shirk amal yoki niyatlarni qilmasdan, shariat doirasida ziyorat qiling. Siz yaxshisi bo‘lajak kuyov bilan maslahatlashib u kishini ko‘ndiring. U odamni rozi qilsangiz bormasligingiz mumkin. Vallohu a’lam!
11 May 2022, 22:45 | Savol-javoblar | 160 | Dolzarb savollar