Majburiy uyiga kiritish va aliment
Assalomu alaykum! Sizlardan bir dolzarb mavzuda maslaxat so‘ramoqchiman. Xozirgi kunda ishda ko‘p uchrab turgan xolat bor, masalan shulardan bittasi, er xotinini boshqasi bilan xiyonati ustida ushlab olib uyidan xaydab yuborgan, er ajrashish uchun sudga bergan, lekin sudga video yoki boshqa dalil taqdim qilmaganligi uchun sud tomonidan er xotinni yarashtirish maqsadida xotinni uyga kiritish to‘g‘risida qaror chiqargan. Bu orada er boshqa ayolga sha’riy nikoh bilan uylangan. Ushbu sudning qarorini bajarish maqsadida xotinni erning uyiga kiritish uchun borilganda er farzandlari uchun aliment tulashga roziligi lekin xotinni xech qachon uyga kiritmasligini aytishiga qaramasdan, xotin "- sud qarorini bajarib beringlar, meni uyga kiritib qo‘yinglar" degan da’vosiga asosan uyga kiritib qo‘yildi. Bu qilgan ishimiz noto‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Noto‘g‘ri. Musulmon hurriyatiga tajovuz qilish hisoblanadi. Vallohu a’lam!
1 May 2022, 06:39 | Savol-javoblar | 155 | Oila va turmush
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Noto‘g‘ri. Musulmon hurriyatiga tajovuz qilish hisoblanadi. Vallohu a’lam!
1 May 2022, 06:39 | Savol-javoblar | 155 | Oila va turmush