Buljak kelinga tuxmat bulishi mumkin, iltimos tezrok javob bering
muxtaram Shayx xazratlari, Sizga bir tanishimizning muammosi buyicha savol bermokchi edim. Tuylariga ozgina vakt kolganida, bulajak kuyovni onasiga bir xotin kelinning bokira emasligini, yigitlar bilan boshyalang yurganini kurganini aytgan (kiz xijobda, oldin surishtirishganida uydan kuchaga chikmagan deb ta’riflashgan). Kuyovning onasi bu gapni kim aytganini aytmaslikka kasam ichgan (agar aytsam, 2 soatdan keyin shol bulib kolay deb kasam ichgan). Shundan keyin, bulajak kuyov, onasi bilan kelinni doktorga olib borib, tekshirtirishmokchi bulishgan, bu xakda kelinning ota-onasiga xech narsa deyishmagan. Kelinning uzigayam maksadlarini doktorga borganda aytishgan. Kelin norozi bulgan, doktor xam kizning va ota-onasining roziligisiz bu ishni kilmasligini aytgan. Bu xakda kelinning ota-onasi xabar topib, kattik jaxlligi chikib, tuyni buzamiz deyishgan. Xozirda kuyov kilgan ishidan afsusda, tuyni buzmokchimas, katta xarajat kilib kuygan. Kelinni otasiga yalinib borganida, otasi: "Agar, senga kizimga kim tuxmat kilganini aytsang, uylab kurishim mumkin" - degan. Lekin, kuyovning onasi ichgan kasamini buzishdan kurkmokda va kim aytganligini aytmayapti.Savol: Iltimos, bu ishni echimini bersangiz, kuyovning onasi ichgan kasamini buzsa buladimi, usha odamni kimligini aytishi mumkinmi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Qasamni buzsa bo‘ladi. Kafforot to‘laydi.
27 May 2022, 00:55 | Savol-javoblar | 144 | Oila va turmush
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Qasamni buzsa bo‘ladi. Kafforot to‘laydi.
27 May 2022, 00:55 | Savol-javoblar | 144 | Oila va turmush