Ota farzandidan ikkinchi xotinini taloq qilishini talab qilishi
Assalomu alaykum! Men bir insonning ikkinchi xotiniman. Tanishganimizda birinchi xotini bilan ajrimda edilar, keyin ota onasining taziyqi bilan yarashishdi. Xozirda birinchi xotini mening borligimdan xabar topib, erimning otasi biz nikoxlaring xaqida xabarimiz yo‘q edi, biz tarafdan guvox bo‘lmagan, bu yashirin nikox xisob emas deb, ikkalasi erimni majburlab talog‘imni telefon orqali berdirishdi. Xozirda men xomiladorman. Birinchi xotini bolani oldirishimni talab qildi. Allohdan qo‘rqinglar dedim. Erim mendan xam boladan xam kechdi, xabar olmaydi tel qilmaydi. Endi bolani yolg‘iz o‘zim katta qilishimga to‘g‘ri keladi. Savolib ikki qismdan iborat shu ishdan keyin o‘rtamizda nikoximiz qoldimi va ularning bu qilmishlari xukmi qanaqa? Farzandidan shunaqa muborak oyda kechgan insonning axvoli qandey bo‘ladi va xaqaqatdan nikoximiz yashirin bo‘lgan bo‘lsa farzandim benikox xisoblanadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Taloq qo‘ygan bo‘lsa taloq tushadi. Bolani tuqquningizcha iddada o‘tirasiz. Nikohning shartlari topilgan bo‘lsa yashirin bo‘lganini zarari yo‘q. Vallohu a’lam!
6 May 2022, 03:40 | Savol-javoblar | 165 | Oila va turmush