Hammom va hojatxona suvlari

Assalomu alaykum! Menga qarashlik bir bino bor u bino qabirston bilan yonma-yon joylashgan 10 metrdan so‘ng qabrlar bor. Osha binoga odamlar foydalanishi uchun milliy hammom qilmoqchiman. Savolim: hammom va hojatxonadan chiqadigan chiqindi suvni erga 4 metrlik quduq qazib bitta quvir orqalik quduqqa tushirib yuborsam gunoh bo‘lmaydimi? Qabrlarga ziyon bo‘lmaydimi?
2). Katta miqdorda suv oqadigon eni 5 metr chuqurligi 3 metr keladigon, qish-yozda suv oqib turadigon ariqqa hammom va hojatxona chiqindisini chiqarib yuborsam gunoh bo‘lmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Mahalla ahlidan so‘rang. Siz so‘ragan narsa erni yumshoq qattiqligiga bog‘liq. Agar chiqindi sular qabrlarga sizib o‘tsa gunohkor bo‘lasiz. 2). Bunday qilsangiz gunohkor bo‘lasiz. Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 01:13 | Savol-javoblar | 189 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar