Uzr Shayx hazratlari yana jinlar to‘g‘risida
Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuhu. Ming xijolatda yana savol berishga ijozat so‘rayman. Bu masalada ochik oydin fatvolarigacha saytda, kitoblaringizda keltirgansiz. Ma’lumki, jin bilan gaplashishni da’vo kiluvchining guvohligi o‘tmaydi. Lekin, bir tanishimga buni uqtirib bo‘lmayapti. "Mengaplashishni da’vo qilmayman, men jinga "falonchini bilginchi, nima kilyapti ekan yoki nimalar qilgan ekan" demaymanku, folbinlargan o‘xshab. Men Qur’on o‘qiyman. Unga kimsan, isming nima, deyman. U aytadi, bemorni ichidan chiq deb yana Qur’on o‘qiyman, bu gaplashish emas, da’vat qilish.Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam ham jinlarni musulmon bo‘lishiga da’vat qilganlar" deydi. Juda ko‘pchilik jin tekkanlar tuzalib, uning haqqiga duo kilishmoqda. E’tiqodli, taqvoli inson birdaniga shunaqa ishlar qilsa, o‘ylanib qolamiz. U yaqin insonim edi, shu ishi ortidan oraga sovuqchiliktushdi. Muborak kunlarda arazlashib yurish yaxshi emasligini anglagan holda, Allohdan so‘rab, u bilan yana munosabatim yaxshilansa, degandim. Hazrat, jin bilan gaplashish va da’vat o‘rtasida farq bormi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Uning jin bilan gaplashishini o‘zining gapi tasdiqlab turibdi-ku! Yana nima kerak.
27 May 2022, 01:00 | Savol-javoblar | 167 | Aqiyda
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Uning jin bilan gaplashishini o‘zining gapi tasdiqlab turibdi-ku! Yana nima kerak.
27 May 2022, 01:00 | Savol-javoblar | 167 | Aqiyda