Taloq tushmaganmi yoki yo‘q

Assalomu alaykum! Er ayoli bilan 7 yildan buyon yashamaydi, boshqasiga uylangan. Ammo, 1-xotiniga "Taloq" niyati bilan "ajrashaman, qo‘ydim, yashamayman..." kabi so‘zlarni aytgan emas. Ya’ni, er oilani saqlamoqchi bo‘lgan. Lekin, ayolning o‘zi "yashamayman" deb ketib qolgan va shundan keyin ular ko‘rishishmagan. Er esa o‘ziga o‘zi "yashamasa yashamasin" deb, ayoliga yoki uning valiysiga uchrashmasdan va ularga "taloq" mazmunidagi biror bir lafs aytmasdan boshqasiga uylanib hayot kechirmoqda. Ayol ham hozirda boshqa turmush qurib yashamoqda. Savol: 1) Erkak 1-ayoliga taloq mazmunidagi gap aytmagan bo‘lsa, ayol hali ham ushbu erkakning nikohidami? Taloq tushmaganmi yoki yo‘qmi? 2) Erkak va ayolning birga yashash niyatlari yo‘q, shu sababli, ayolning boshqa erkak bilan turmushi zino bo‘lmasligi uchun 1-eri ayolga so‘z yoki telefon yoki xat orqali "taloq" mazmunidagi lafsni aytishi lozimmi? 3) Bunday holatda 1-Xotinning boshqa erkak bilan yashashi zino emasmi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Taloq yoki taloqqa dalolat qiladigan so‘zlardan birortasini aytmasa u ayolni birinchi eri bilan nikohi uzilmagan. Birinchi eridan talog‘ini olib iddasini to‘liq o‘tirmaguncha boshqa bilan qilingan nikoh bog‘lanmaydi. Shu holatda hayoti ham zino bo‘ladi. Xotiniga aytishi shart emas. Shunchaki “O‘sha ayolimni bir taloq qildim” desa bo‘ldi. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 11:04 | Savol-javoblar | 169 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar