g‘usl haqida yana savol

Assalomalekum ustoz! Umriz uzoq ilmiz ziyoda bosin! Alloh sizni va oilezni o‘z panohida asrasin. bu savolni juda ko‘p odam yozipti,siz javob beribsiz. lekin man ilmsizligim uchun yaxshi tushunmadim.yana bir marta amin bolish uchun sizga savol yollamoqchiman. yangalarim kuyov g‘usl qimagan kelin g‘usl qigan bosa bir biriga qarashi teginishi mumkinmas,yana g‘usl qilish kere boladi diyishgandi 5 yildan beri shunaqa qilardik,ya‘ni g‘usl qimaguncha bir birimizga teginmasdik.qaramasdik. 2-3kun oldin g‘usl haqida o‘qib qoldim,ya‘ni bittasi g‘usl qiganu bittasi qimagan bosa bir biriga teginishi gaplashishi qarashi mumkin ekan. masalan,man har doim vohtida g‘usl qilaman,lekin turmush o‘rtog‘im ertalab yuvinaman dilla. savolim man g‘usl qisamu ula qimasala biza birga uhlasek boladi? to‘g‘rimi? bu savol kop qaytarilgan,yana man qaytarvomman,kechirin.lekin yana bir bor ko‘nglim uchun amin bolmoqchiman.chunki o‘g‘limga junub bop qogan holatda tegishni hohlamasdim... Umriz uzoq bosin. Oldindan kottakon rahmat. Hurmat bilan Shahnoza
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- G‘usl qilmagan odamga Qur’oni Karim o‘qish, ibodat qilish mumkin emas. Qolgan narsalarni qilsa bo‘laveradi. Gaplashsa, ovqatlansa, boshqa ishlarni qilsa, bo‘laveradi.

27 May 2022, 00:55 | Savol-javoblar | 145 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar