odnoklassniki XX

:as :Sizu bizni yaratgan Alloxim ga uz jamoliga xos va mos xamdlar, ikki olam sarvari Paygambarimiz Muxammad xazratlariga va ularning axli baytlariga durudu salovotlar bulsin Xazratim,Allox roziligi yulida kilayotgan yaxshiliklaringiz ajrini Alloxim ulkan va beadad xayrli kilsin.Oilangiz va yakinlaringiz baxtiga sog omon buling inashaallox! Xazratim, sizga uzimni xolatim xakida yozishga karor kildim. Bu vokeaga 7-8oylar bulib koldi Turmush urtogim odnoklassniki saytiga bir" ukasining" gapi bilan a’zo buldi. ? Balki meni biror aybim bordir deb surasam Bu shunchaki ermak deydilar Bilmadim birovni asalim jonim bir upay bir kuchoklay deyish shunchaki ermak bulmasa kerak Sizdan iltimosim shu masalada biror xukm yoki fatvo bor bulsa jum’a mav’izalarida urtoklashsangiz.Ishonchim komil sizning ugitlaringiz ularga ijobiy ta’sir kiladi. Menga biror maslaxat yoki tanbex balki biror ugitingiz bulsa jon kulogim bilan tinglab unga amal kilishga xarakat kilaman Xazratim, mendan bior xato yoki andishasizlik utgan bulsa kechiring. Agar bu masala biror insonga foydali bulsa bundan baxtiyorman.Xurmat bilan muslima singlingiz Nasiba.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bunday ishlarning haromligi va katta gunoh ekani, oddiy holatda qanday jinoyat bo‘lsa, internet, elektron pochta, uyali telefon kabi aloqa vositalarda ham xuddi shunday gunoh va jinoyat ekani haqida fatvolar allaqachon chiqib bo‘lgan. Men buni “Ijtimoiy odoblar” nomli kitobimda bayon qilgan edim. Ammo bir necha oydan buyon ruxsat tegmagani uchun chop bo‘lmay turibdi. Duo qilib turinglar, chiqib qolsa, hammamiz birga o‘qib foydalanamiz.

27 May 2022, 01:17 | Savol-javoblar | 176 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar