endi urganyapman

Assalomu alaykum!!!Namoz bowlaganimga endi ikki yil buldi. Kup kitob ukishga harakat kilyapman. Ibodatlarni vaktida kilmaganim uchun judayam hafa bulaman. Lekin hozirda ahamiyatini tushunib vaktida ado etishga harakat kilaman. Bunda sizlarning hissangiz juda katta. Atrofimda diniy ilma ega inson yuk. Har hil gunoh ishlarni, irim sirimlarni kurib karindosh va tanishlarga ukigan bilganlarimni aytsam tushuntirsam eshitmayaptila. Uzimdan kattalargaku umuman gapirgim kelmay kolgan. Men bilib turib ularga kilayotgan ishlari gunoh yoki hatoligini aytmay kuysam gunohkor bulmaymanmi. Kecha uzingam yurudingku, voy ota bobolarimiz shunaka kilgan, eskichada bor narsa, sendan kurkyapman kup utirmagin unaka saytda, okibati yomon, nazoratga tushib kolasan kabi javob olyapman. Shunga nima deysiz. Indamay uzimni bilib yursam buladimi. Riyodan ham uzok bularkanman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
johil insonlar shunaqa har xil gaplarni gapiraveradilar. siz ham yozayotgan narsalaringizga e’tibor berib ehtiyot bo‘ling. kirayotgan saytlaringizga ham ahamiyat bering. shariatimiz imkon qadar yomonlikni qaytarishga buyuradi.

27 May 2022, 01:29 | Savol-javoblar | 146 | Ayollarga oid masalalar
|
Boshqa savol-javoblar