Oxirat alomatlari

Assalomu alaykum shayx janoblari qalbimizda qiynaydigan savollarga imkon boricha javob berib bizlarga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatayotganligingiz uchun Ollox sizdan rozi bo‘lsin.Janob savolim shuki sahobai kromlar Payg‘ambarimizdan oxirat alomatlari xaqida so‘raganlarida. Oxiratda ikki toifa inson bo‘ladiki men unaqalarni ko‘rmaganman. Yani oxirat alomatlaridan ayollar sochlarini tuyani urkachiday qilib olib, solog‘lanib yuradilar. Keyingan bo‘ladilar biroq yalang‘ochdan farqi bo‘lmaydi. Shuningdek yana bir toifasi oxiratda qo‘llarida ximchini bor amaldorlar bo‘lib nochorlarga ozor beradilar deganlar.Men xozirgi kunda shu ikki toifdan birini xar kun ko‘raman ko‘chalarda ammo ikkinchi ko‘p xayyoolimga keladigan tartib posbonlai yoki Yo‘l Patrul Xarakati xodimlarimi deb uylayman (militsiya) yani ularni qo‘lida dubinka va mashina tuxtatadigan tayoqchasi bor bo‘lib ko‘pchilikni urib qiynaydi va mashinalarni tuxtatib sariqqa o‘tsa xam qizilga o‘tding deb pulini shilishga xarakat qiladi. Shunga ikkinchi toifadagisi militsiyalar to‘g‘ri kelishi mumkinmi. Sababi boshqa xech qanda insonni taqqoslay olmadim.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bu faqat bir toifaga xos gap emas, odamlarga nohaqdon ozor beradiganlarni barchasini o‘z ichiga oladi.

27 May 2022, 01:48 | Savol-javoblar | 185 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar