Brenddagi tasvir
Assalomu alaykum! Baydje brendidagi choy qutilarida xovuri chiqib turgan chashka va likopchaning tasviri bor. Ushbu suratni yonbosh tomondan ko‘rilsa, arab yozuvidagi Alloh lafzi ko‘rinishidagi shakl hosil bo‘lmoqda. Bu aynan shu lafz emasdir. Lekin bu qutilar va haltachali choy qadoqlari ishlatilib bo‘lingach chiqindi qutilariga tashlanadi. Hamma ham e’tibor bermaydi bunga. Oldini olish uchun qanday maslahat berasizlar?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shakllarni ko‘rganda sizga ko‘ringanidek fikrlasangiz dunyoda yasholmaysiz. Siz kabi tasavvurlaydigan bir odamni ko‘rgandik. Masjidga kirib namoz o‘qiyolmas ekan. Nega deb so‘rasak masjid devoridagi g‘ishtlar orasidagi chiziqlar nasroniylarni xochiga o‘xshar ekan degan edi. Vallohu a’lam!
3 Iyul 2022, 18:27 | Savol-javoblar | 173 | Mediya