Qur’on yodlashmi yoki uni o‘qish?

Assalomu alaykum! Aziz birodarlar, «Qur’oni Karimning mashhur suralari fazilati» kitobining jildida «Qur’oni Karim qiroatlari odoblari» to‘g‘risida bir qator eslatmalar keltirilgan. Shu eslatmalarning 7-punktida «Yoddan o‘qigandan ko‘ra Qur’onga qarab o‘qishning savobi ko‘proqdir. Zero, qiroat bir ibodat bo‘lsa, Qur’onga nazar qilish ham bir ibodat hisoblanadi» deb yozilgan ekan. Qur’onga iymoni kuchli insonlar ham yodlab, ham o‘qib qiroat qilishlari mumkin, lekin mendek iymoni zaiflar bu yozuvlarga ishonib, Qur’ondan suralar yod olishga bo‘lgan ishtiyoqiga darz ketmaydimi? Yuqorida keltirilgan so‘zlar qanchalik to‘g‘ri? Yoki u so‘zlarni tushunib etishga meni aqlim noqislik qildimikan. Javobingiz uchun minnatdorman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Alloh sizga muborak qilsin va himmat bersin. Ko‘nglingiz xohlaganidek o‘qing. Shavq bilan qilingan ibodatning savobi ko‘pdir. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 14:18 | Savol-javoblar | 174 | Qur’oni karim
|
Boshqa savol-javoblar