Ilm olishga yo‘l izlab!

بسم الله الرحمن الرحيم!‏‎ Alhamdulillah, vassolatu vassalamu a‘la rosulillah! Assalamu alaykum v.r.v.b! Qur‘oni karimda ,,agar bilmasanglar, zikr ahlidan so‘rang‘‘ degan robbimiz Alloh s.v.tga beadad hamdu sanolar bo‘lsin! O‘z hadisi shariflarida ,,bilimsizlikni shifosi savoldir‘‘ degan rosuli akram s.a.vga cheksiz salovatu salomlarimiz bo‘lsin! Bizdek ilmsiz johil insonlarga o‘z dinimizni o‘rganishimizda ulkan xizmatlar qilayotkan siz kabi aziz ulamolarga Alloh o‘z huzuridan cheksiz rahmatu barakotlarini ato etsin! Muhtaram ustoz sizga bir savol bilan murojaat etishga ruxsat bergaysiz! Savolim shundan iboratki, men diniy ilmlarni o‘rganishga, qur‘onni yod olishga ixlosim baland lekin, oilaviy sharoitim tufayli ko‘p vaqtim ishlash bilan o‘tmoqda, shuning uchun ilm olishga, kitob o‘qishga vaqt ajrata olmayapman, ustoz, maslahat bering, qanday yo‘l tutsam ilmni ham, nafaqamni ham o‘z o‘rniga qo‘yishim mumkun? agar ishlamasdan faqat o‘qiyman desam moddiy tomondan ancha qiynalib qolaman, men hali uylanmaganman, oldinda ko‘plab sarf harajatlar turibti, qolaversa bo‘ynimda qarzim ham bor, nima qilay ustoz? Maslahat bering, o‘z tajribangiz va ilmingizga suyangan holda menga to‘g‘ri yo‘lni topishimga ko‘maklashsangiz, iltimos, javobingizni intizorlik bilan kutaman, oldindan kattakon rahmat, Alloh sizni va oila a‘zolaringizni o‘z hifzu himoyasida saqlasin, amiyn! Subhanakallohumma va bihamdik, ashhadu alla ilaha illa ant, astag‘firuka va atubu ilayk! ‎
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Ishni qilib, ibodatlarni ado etib boravering. Imkon bo‘lganda, keyinroq oz-ozdan o‘qishni ham yo‘lga qo‘yasiz.

27 May 2022, 01:48 | Savol-javoblar | 150 | Ta’lim va muta’allim
|
Boshqa savol-javoblar