Qarz ro‘za haqida

Assalomu alaykum! Homiladorlik va emiziklik davrda tuta olmagan qarz ro‘zalarimni dushanba, payshanba kunlarida tutib turaman. Saharlik qilgani ba’zida turolmayman. Bamdodga turganda narsa emasdan niyat qilib olaman. 1) Saharda ovqat eyishim shartmi yoki otarro‘za tutsam bo‘ladimi? 2) Qarz ro‘zamniyam xo‘jayinimdan ruxsat so‘rab turishim kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! 1). Saharlik eyish va ovqat eyish shart emas. Ertasi kuni ro‘za tutadigan kechada saharlik vaqtigacha “ertaga ro‘zaman” deb niyat qilib olishingiz shart. Bu niyatni shomdan keyin bamdod vaqtigacha qilib olsangiz bo‘ldi. Bamdoddan keyin qilgan niyatingiz nafl bo‘lib qoladi. 2). Qazo ro‘zani tutish uchun erdan ruxsat shart emas. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 23:47 | Savol-javoblar | 151 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar