Bola asrab olishda evaziga pul berish

Assalomu aleykum, hurmatli Ustoz.Bir ayol o‘zining shu oylarda tug‘ilishi kutilayotgan 3-farzandini bizga boqib olish uchun bermoqchi. Sabab, ularning moddiy sharoiti og‘irroq, bizda esa farzand yo‘q.Lekin u ayol evaziga bizdan ma‘lum miqdorda pul mablag‘i berishimizni umid qilmoqda, sharoitini to‘grilab olish uchun yordam sifatida. Bu holatda biz qanday yo‘l tutaylik, gunohga qolmaslik uchun?P.S.: u ayol farzandlarining moddiy ta‘minotini o‘zi ta‘minlaydi. Eri esa jazo muddatini o‘tayapti.Alloh Sizu bizlardan rozi bo‘lsin. Rahmat.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Sizlar, bolani biz tuqqanmiz, deya olmaysizlar. Boqib olganmiz deyish shart. U ayolga ixtiyoriy yordam berib turishni niyat qilinglar. Bolani savo qilganga o‘xshash bo‘lib qolmasin.

2 May 2022, 20:45 | Savol-javoblar | 162 | Bola tarbiyasi
|
Boshqa savol-javoblar