tahajjud va vitr

Assalomu alaykum!Har doim emas, lekin kupincha vitr namozini ukib, keyin bomdod vakti kirishidan bir soat oldin turib tahajjud ukir edim. Lekin tahajjud namozini vitrdan oldin ukish kerakligini ukib koldim. Shunday kilyapman, lekin ikki marta uxlab koldim, vitr kazo buldi. Ba‘zan kichik farzandim yiglab koladi, vitr namozini zurga ukishga ulguraman. Kechaning ohirida tahajjud namozini ukisam ham vitrdan oldin ukishim kerakmi? Raxmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
bomdod namozi kirishidan avval o‘qiladigan oxirgi namoz vitr namozi bo‘lishi kerak. vitrni turib o‘qishga ko‘zi etmaydigan odam uxlashdan avval o‘qib yotishi kerak. lekin tura oladigan odam avval tahajjudni o‘qib keyin vitrni o‘qiydi. ba’zi ba’zida uxlab qolsa, qazosini o‘qib qo‘yadi. Vallohu a’lam.

27 May 2022, 01:52 | Savol-javoblar | 256 | Ayollarga oid masalalar
|
Boshqa savol-javoblar