Savdo to‘g‘rimi

! Alloh Islom diniga qilayotgan xizmatingiz uchun oxiratda Sizga Firdavs jannatidan joy ato etsin va Jamolini nasiyb etsin. Sotuvchi va xaridor molni oldi sotdi savdosini amalga oshirishdi va savdo shartiga ko‘ra xaridor mol narxining bir qismini - 70 foizini oldindan to‘lab, sotuvchi molni etkazib berishga tayyor bo‘lgandan keyin ya’ni molni keltirib xaridorga ko‘rsatgandan keyin narxning qolgan qismini to‘lashga va o‘sha vaqtda molni olishga kelishishdi. Savdo qilingan molga keladigan bo‘lsak ushbu mol xammaga ayon, aniq tavsiflarga ega. Misol uchun Nokia kompaniyasining 5800 Express Music modelli telefoni. Ushbu model telefon haqidagi barcha tafsilotlar va ma’lumotlar xaridor uchun mavjud. Birok sotilayotgan mol mavjud bo‘lmasligi mumkin ya’ni xaridor oldindan to‘lovni amalga oshirayotganda molni ko‘zi bilan ko‘rmaydi, ikkinchi to‘lovni amalga oshirayotgandagina molni ko‘radi va ikkinchi to‘lovni amalga oshirib molni oladi. Ushbu savdo jozmi? Alloh Sizdan toabad rozi bo‘lsin!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Joiz.

3 May 2022, 16:24 | Savol-javoblar | 157 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar