YANA NAMOZLAR XAQIDA!!!
[’olor=navy]Assalamu alaykum xurmatli Shayx Hazratlari.Sizni bunday islom dini uchun qilayotgan ishlaringizdan Alloh rozi bo‘lsin va bexisob ajrlar bilan siylasin.Xazrat sizga bir-ikki savol bilan murojaat qilmoqchi edim. Iltimos xazrat noto‘g‘ri xayolga bormang men bu erdan beradigan savolim xaqda qidirib ko‘rdim sizni bergan javoblaringizni o‘qib anchagina ma‘lumotga xam ega bo‘ldim inshoOlloh.Men buni yanada mustahkamlash umidida sizga savol bermoqchiman.1-Menda qachon balog‘atga alomati bo‘lganini bilmayman shuning uchun uni 12 yoshdan deb olsam bo‘ladimi?(Albatta qazo namozlarni adadini bilishim uchun)2-Siz qazo namozni vaqt topganda o‘qisa bo‘laveradi degansiz va bunga xech qanday ortiqcha gap-so‘z bolishi mumkin emas, men xar doim Xuftondan keyin 1 kunlik qazolarni o‘qib borsam xam bo‘laveradimi?Agar shundoq bo‘lsa shu kunni o‘zida qazo bo‘lgan namozni Xuftondan avval o‘qib avvalgi qazolarni keyinmi?3-Institutda ayni PESHIN va ASR vaqtlarida darsda o‘tiramiz, albatta siz imo bilan bo‘lsada o‘qishni aytibsizbunga xam xech qanday ortiqcha gap-so‘z yo‘q. Men demoqchi bo‘lganim o‘sha imo bilan ado etayotgan vaqtimizda xar xil vaziyatlar bo‘ladi, masalan bolalar bundan bexabar sizni turtib yuborishi,o‘qituvchi sizga murojaat etishi va boshqa xolatlarda namoz nuqsonli bo‘lib qolmaydimi?Imo bilan o‘qiganda boshqalar bilmaydigan darajada o‘qisa bo‘adimi? (masalan ruku va sajdalarida bilinar darajada egilmasdan )Xazrat bu savolimga xam javob beribsiz, meni "o‘ziga chora qidiryapti" deb o‘ylamang men faqat noto‘g‘ri bajarishdan qo‘rqdim.4-Xazrat yana bir narsa namoz o‘qiyotgan vaqtda vasvasadan xoli bo‘lish uchun oldiga sutra qo‘yiladi va bu1 nayza miqdorida yoki yarim metrcha bo‘lishligini o‘qib qoldim. Biz esa ko‘p xollarda belbog‘ yoki shunga o‘xshash matoni qo‘yib o‘qiyveramiz bu ham durust bo‘laveradimi?Bu savollar bilan sizni vaqtingizni olganim uchun oldindan uzr so‘rayman. Javoblaringiz uchun esa oldindan raxmat. Agar odobsizlikka yo‘l qo‘ygan bo‘lsam va savollarni takrorlaganim uchun uzr so‘rayman.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
1. - Bo‘ladi.2. - Ha.3. Nuqsonli bo‘lsa ham, bir yo‘la bo‘lmay qolgandan afzal bo‘ladi.4. Belbog‘ sutra bo‘lishi haqida kitoblarda gap yo‘q.5. Xazratim odobsizligim uchun uzr, yana bir savol Tong bilan Bomdodni farzi orasida qazo namozini ado etsam bo‘ladimi?men u ikkisi orasida farzga ergashuvchi sunnatdan boshqa namoz yo‘qligini o‘qib qoldim, Imomimiz esa uni (qazoni)ado etish mumkin dedilar. Shu masalani sizdan so‘rab bilib olishni istadim.Sizdan Alloh rozi bo‘lsin, Ilohim Alloh bahtimizga umringizni ziyoda etsin!Xazratim bizni xaqqimizga ilmimiz ziyoda bo‘lishligini so‘rab duo qilingsizdek ustozlar duolariga muxtojmiz!Qazoni o‘qish mumkin.
3 May 2022, 19:32 | Savol-javoblar | 156 | Namoz