Saqich haqida

Assalomu alaykum! Saqichni shomdan keyin chaynasa o‘liklarni suyagini chaynash bo‘ladi deyishar ekan, aslida shundaymi? Saqich chaynash joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Shariatda bunday gap yo‘q. Balki saqich chaynash borasida ayrim mulohazalar bor. Hanafiy mazhabining mo‘’tabar fatvolaridan “al- Fatovo al- Hindiyya”da shunday deyilgan: “Ayollarning saqich chaynashi joizligi borasida hech bir xilof yo‘q. Erkalarning chaynashi haqida ixtilof bor. Shamsul Aimma Halavoniy “Agar sahih maqsadda bo‘lsa erkak va ayolning chaynashining zarari yo‘q” deganlar. Axlotiyda ham shunday kelgan” (5 jild, Muolaja va davolanish bobi) Ko‘pchilikni oldida, ota-ona huzurida, ustoz va hurmatli kishilar bor joyda chaynash odobdan emas. Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 01:35 | Savol-javoblar | 185 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar