G‘azab qilmaslik

Assalomu alaykum! Ayolim ko‘p hollarda g‘azab qiladi, farzandlarimiz tomonidan bir ayib  ishlar sodir bo‘lsa baqir-chaqir qilib ketadi, hatto kaltaklab ketadi. Bunday qilish yaxshi emas sabr qilgin desam “bularingizga sabr qilib bo‘larkanmi” deydi. Umuman boshqa ishlarda ham sabrsizlik qilib g‘azab qiladi, lekin ma’ruzalarda eshitgan, o‘qigan chala bo‘lsa ham amali yo‘q. Sizlarning javoblaringizni o‘ziga ko‘rsatib o‘qitaman, shariat bo‘yicha yana qanday ko‘rsatmalar bor? Rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Tarbiyalashda siz yordam bering. Bir chetga o‘tib “hamma ishni sen qil” deb ayolingizga yuklamay, ertalab va kechda bolalaringizga Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sunnatlarini bir chekkadan ta’lim berishni boshlang. Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 01:35 | Savol-javoblar | 162 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar