Dadam menga o‘g‘lim emassan dedi
Assalomu alaykum! Meni yoshim 20da. Qo‘ldan kelgancha 5 vaqt namozimni o‘qiyman. Meni bir muammo qiynaydi: Dadam esa 42yoshdalar. Hamma joylari sog‘ salomat. Ammo ishlashni sira istmaydilar. Ikki yildan beri uyda o‘tiradilar. Barcha ehtiyojlari meni bo‘ynimda. Hattoki chekadigan noslarigacha men olib beraman. Ko‘chadan qarz bo‘lsalar oila hisobidan to‘lanadi. Alloh qudratli deb onam namozni o‘rganing desalar dadam yo‘q cho‘rt kesdilar. Men ham ishlab ham o‘qiyman. Bazida ishdan charchagan holatimda ularga qattiq gapirib yuboraman. Chunki butun oilani tebratish bazida menga og‘irlik qiladi. Yaqinda ishdan bo‘shatishdi. Dadam mendan arazlab bir kun gapirmay yurdilar. Buni buvimga aytgandim. Dadamni koyibdi. Dadam kelib sendan arazlaganimni qaerdan bilasan deb, bo‘ldi meni bolam emassan dedilar. Bu oq qilish bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Oq bo‘lish emas. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 17:28 | Savol-javoblar | 154 | Oila va turmush
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Oq bo‘lish emas. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 17:28 | Savol-javoblar | 154 | Oila va turmush