Qiynayotgan savolim

Assalomu alaykum Shayh janoblari. Meni qiynayotgan bir masala haqida sizdan maslahat olmoqchiman.Avvaldan rahmat Olloh sizdan rozi bo‘lsin.Men qiz farzandimni 3 yili 7 oy avval turmushga uzatdim.Shu muddat ichida farzandli bo‘lishmadi.Quda tomon tabiblarga ko‘rsatyapmiz deb aytishdi.Men ham bezovta bo‘lib qizim biznikiga mehmonga kelganda,mutahassis tabibga olib bordim.Tabib qizimni hali "bokira" ekan,qizingiz soglom hali qator-qator farzandlar ko‘radigan,dedi.Shu voqeadan so‘ng ,qizimni qistovga olib yahshilab so‘radim.Qizim bo‘lgan voqealarini aytib berdi.Birinchidan Qudalarim,kuyov o‘glim qizimga juda qattiq turishar ekan,bu narsani hech kimga aytmaysan deb,hatto qo‘rqitishar ekan.Kuyov o‘glimdegi holat mujozi pastlikka ham kirmaydi.Qizim "bokira"ekanku,hatto yaqinlik qila olmaydigan ham ekan.Bu holatda yashatish kerakmi,ajratib olish kerakmi hayronman.Iltimos chiroyli echimini bildirishingizga muhtojman.Salom va ehtirom bilan Onaizor.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Ixtiyor o‘zlaringizda. Shariatda sizlarga haq berilgan.Sa’id ibn Musayyib roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:«Kim bir ayolga uylansa-yu, unga qovushishga qodir bo‘la olmasa, unga bir yil muddat beriladi. Qovusha olsa oldi, bo‘lmasa, oralari ajratiladi», dedi».Bu holatda ayb erda bo‘ladi. Jinsiy ojizligi uchun xotinga jinsiy yaqinlik qila olmaydi. Bunday holatda unga shariat hukmi bo‘yicha bir yil muddat beriladi. Chunki jinsiy ojizlik nozik xastalikdir. Unga davo topish ham oson emas. Faqat vaqt o‘tishi bilan xotirjamlik asosida bir natijaga erishish mumkin. Har kimning mijozi har xil bo‘ladi. Ba’zi erkaklar jinsiy ma’noda yozda yaxshi qo‘zg‘olsalar, ba’zilari qishda yaxshi qo‘zg‘oladilar. Bir yil muddat berishda esa, to‘rt faslning tamom o‘tishigacha imkon berilgan bo‘ladi. Shundan so‘ng ham jinsiy ojizlik davom etaversa ayolga ajrim haqqi beri-ladi. Jinsiy qoniqish haqqi ado etilmaganidan keyin ayol mazkur haqqa ega bo‘ladi.

27 May 2022, 02:16 | Savol-javoblar | 153 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar