Ayollarni kiyimlariga atir sepishi

Assalomu alaykum! Ayollar ko‘chaga chiqqanda atir sepishi gunox uni xidlagan erkak bilan zino qilgan xisoblanadi. Lekin ayol kishi atir yoki dezodorant sepmasa issiqlaganda sassiq xid chiqishi mumkin. Shu asnoda ko‘chaga chiqishidan 3-4 kun oldin barcha kiyimlariga atir sepib qo‘ysa bo‘ladimi? Axir ayollardan xid kelishi xam yon atrofdagilarni yomon axvolga solishi mumkinku?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘ziga jalb qiladigan bo‘lmasligi kerak. عَنْ أَبِي مُوسَى رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: إِذَا اسْتَعْطَرَتِ الْمَرْأَةُ فَمَرَّتْ عَلَى الْقَوْمِ لِيَجِدُوا رِيحَهَا فَهِيَ كَذَا وَكَذَا، قَالَ قَوْلًا شَدِيدًا. رَوَاهُ أَصْحَابُ السُّنَنِ  Abu Muso roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Qachon ayol kishi atir sepib, uning hidini bildirish uchun bir qavmning oldidan o‘tsa, u bundoq-bundoqdir», deb qattiq gap aytdilar»
.
«Sunan» egalari rivoyat qilgan.
Sharh: Boshqa bir rivoyatda «o‘sha ayol zoniyadir», deyilgan. Chunki xushbo‘y narsa ila begona erkaklarning e’tiborini qasddan jalb qiladigan, ko‘ngillarining sust ketishiga sabab bo‘ladigan ayol yaxshi ayol bo‘lmaydi. Bu narsaga ayol-qizlarimiz alohida e’tibor bermoqlari lozim.
Islomda ayol kishining o‘tkir hidli xushbo‘y narsalarni o‘ziga surtib olib, begona erkaklarning shahvatini qo‘zitishlari o‘ta madaniyatsizlik hisoblanadi. Madaniyatli muslima bunday vaziyatda hidi kuchsiz xushbo‘ylarini ishlatadi. ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!

25 May 2022, 21:15 | Savol-javoblar | 229 | Ayollarga oid masalalar
|
Boshqa savol-javoblar