Asab buzilgan vaqtda gunoh qilsa

Shayh hazratlari.Hamma ittifoq qilgan narsa bu majnun kishi mukallaf emasligi va kasalligi sababli unga qilgan gunoh ishlari yozilmasligi.Lekin sog‘lom odamda ham ba‘zan asabi buzuladi.Mana nevroz degan kasallik bor meditsinada.Asab kasalliklari degan narsa bor.Hatto men qattiq g‘azab vaqtida taloqni aytsa,taloq tushmaydi deb o‘qigan edim,lekin bilmadim bu gap qanchalik kuchli...Shu asabi buzulgan vaqtda musulmon bir gunoh qilsa,deylik bir hayolidan kufrga olib boruvchi narsalar o‘tsa,yoki e‘tiqodi kofirlik tomoniga buzilsa,bu asabiy holati yomon bo‘lganligi uchun ma‘zur bo‘ladimi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- O‘sha holat o‘zini bilmaydigan darajada bo‘lsa, uzr bo‘ladi.Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Ig‘loqda taloq ham, qul ozod qilish ham yo‘q», dedilar». Abu Dovud va Hokim rivoyat qilishgan.«Ig‘loq» so‘zi lug‘atda «berkitish», «yopib qo‘yish» ma’nosini anglatadi. Ulamolarimiz ushbu hadisdagi «ig‘loq»dan nima ko‘zlangani haqida turlicha fikrga borganlar. Shofe’iy, Molikiy va Hanafiy ulamolari «ig‘loq»dan murod majburlash, deganlar. Imom Ahmad va Abu Dovudlar esa, «ig‘loq»dan murod «g‘azab» deganlar. Qattiq g‘azab tufayli aqli boshidan uchgan kishining ham talog‘i tushmaydi. Bu juda ham nodir bir holat bo‘lib, fuqaholarimiz, achchig‘i osmon bilan erning farqiga bormaydigan darajada chiqqan odamning talog‘i tushmaydi, deganlar.

27 May 2022, 02:20 | Savol-javoblar | 184 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar