Ota-ona va aroq

Assalomu alaykum! Mening ota-onam keyingi paytlari juda ko‘p aroq ichadigan bo‘lishdi. Ikkalasi qo‘shilib bir ichsa kamida 10 kun ichishadi. Menga pul berib aroq yoki pivo olib kel deb buyuradi. Men har olib kelgan paytimda juda qiynalaman. Shuni olib kelib berganim gunoh ish emasmi? Nima qilsam bo‘ladi, ularni qanday qilib to‘g‘ri yo‘lga solsam bo‘ladi? Bir paytlari jahlim chiqib urishib ham olib, urushganim uchun keyin yana afsus chekaman. Bungayam menga gunoh yoziladimi? Agar noo‘rin savol bergan bo‘lsam sizlardan kechirim so‘rayman. Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! عَنِ الْحَسَنِ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللهِ  صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم: لَا طَاعَةَ لِمْخْلُوقٍ فِي مَعْصِيَةِ الْخَالِقِ. رَوَاهُ ابْنُ أَبِي شَيْبَةَ. (متفق عليه) Hasandan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Xoliqning ma’siyatida maxluqqa itoat yo‘q» – dedilar”. Ibn Abu Shayba rivoyat qilgan. (Muttafaqun alayh). Ya’ni, bandani rozi qilaman deb, Alloh taoloni norozi qiladigan narsani qilib bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 12:08 | Savol-javoblar | 141 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar