Namozda Tin surasini qiroat qilish

hurmatli ustozlar! Go‘zal tilovatlaringiz ila bizni xushnud aylaganlaringiz uchun tashakkur. Alloh rozi bo‘lsin! Qori aka namozda Tin surasini qiroat qilganda "vazzaytun" dagi "ze" ni "zol" qilib qiroat qilganda (ma’no o‘zgarib) namoz buziladimi? Duolaringizda bizni ham sizlar kabi Allohning kalomini to‘liq yod olmoqqa musharraf bo‘lishimizni Allohdan so‘rang iltimos. Javobingiz uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Bismillahir Rohmaanir Rohiim.Va alaykum assalom.Bir harfni boshqa bir harfga alishtirib o‘qish, bir nutq tovushini boshqa nutq tovushiga almashtirib aytish ko‘pincha so‘zning ma’nosini buzadi, jumladan mazkur so‘zdagi "zaa" tovushini "Zaal"ga alishtirish ham. Ammo buning namozning buzilishiga ta’siri fiqhiy mas’ala bo‘lib, bu haqda umumiy ravishda qat’iy qaror chiqarib bo‘lmaydi. Chunki bunday holatlarda namozxonning saviyasini, uning iqtidorini, agar u imom bo‘lsa, jamoatning saviyasini, shuningdek, jamiyatning ayni vaqtdagi holatini va boshqa jihatlarni hisobga olish lozim. Vallohu a’lam.

27 May 2022, 02:22 | Savol-javoblar | 142 | Qur’oni karim
|
Boshqa savol-javoblar