Namozga chorlov
Assalomu alaykum! Kecha bir do‘stimni hidoyatga boshlab, yaxshi niyatlar bilan taroveh namoziga olib borgandim. Yaxshi taassurotlar bilan “ertaga ro‘za tutaman Xudo xohlasa. Bamdod namoziga turaman” deb uyga qaytgandi. Ertalab esa na ro‘za tutgan, na bamdod namoziga turibdi. Sababini so‘ragandim “dadam kayfiyatimni buzdilar. Qo‘shnilar kelganiga bir soat bo‘ldi. Sen soat 00 : 05 ga kelyabsan” debdi. “Ular bir poradan, bizni katta masjidimizda kuniga ikki poradan o‘n besh kun mobaynida o‘qiladi deb tushuntirmadingmi?” desam “meni namozga ham chaqirma, da’vat ham qilma. Ro‘zani ham, namozini ham urdim” deb qoldi. “Allohga qarshi chiqma, gaplarini qaytib olda, astag‘firulloh degin” desam, juda darg‘azab, dadasidan xafa. Yaqin do‘stim. Ichish, chekishdan, ko‘chaga behuda yurishdan qaytargandim. Uyiga borib yo dadasi bilan gaplashaymi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Dadasi bilan gaplashing. Siz do‘stingizga yumshoqlik bilan tushuntiring. Vallohu a’lam!
3 May 2022, 17:18 | Savol-javoblar | 150 | Dolzarb savollar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Dadasi bilan gaplashing. Siz do‘stingizga yumshoqlik bilan tushuntiring. Vallohu a’lam!
3 May 2022, 17:18 | Savol-javoblar | 150 | Dolzarb savollar