Masjidda huddi Oshda otirgandek

Assalamu aleykum, Ustoz. Juma namozi oldidan Imom maruza kilayotgan payti gapirsa bulmaydi deb hurmatli Anvar Qori o‘z maruzalarida qattiq takidlagandilar undan tashkari Azon aytilayotganda muazzinnig ortidan kalimalarni qaytarib aytib turish va jim eshitish kerak deb urganganmiz. Lekin ayrim masjidlarga kirishingiz bilan t’orga o‘ting, oldiga yuring deb kutib olishadi baland ovoz bilan endi o‘tirib mazza qilib maruza eshitaman desangiz "tur oldinga o‘t, tur ichkariga kir uyoqqa o‘t buyoqqa o‘t deb odamlar kelib maruzani ham eshittirmidi, Azon payti ham tinmasdan qichqirib turishadi. Albatta bu Akalarimizni yahshi ko‘ramiz bu ishlarni savobli ish qilyabmiz deb qilishadi lekin tashkaridan karaganda hunuk korinadi. Bu holat ayniksa Ilonlik Ota masjidida juda avjiga chiqqan. Bunaqa odamlar yoq masjidlarda odamlar baribir joyini topib Juma tinch chiroyli oqiladi. Hatto dinsizlar ham o‘z madhiyasini eshitganda jim turib qo‘li ko‘ksida eshitadi biz ularga tartib borasida o‘rnak bo‘lish o‘rniga Azon payti, " uyokka", "buyokka" deb baqir chaqirlarni eshitamiz. Mani hali yoshman, masjiddagi Akalarimizga aytsak hafa bo‘lishlari mumkin, shunga buni internetga savol tarikasida yozdim va agar javob yozsangiz InshaAlloh hamma oziga kerak narsani bilib olardi.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Fikr va mulohazalaringiz to‘g‘ri. Biz ham ularga o‘xshaganlarni masjid odoblariga amal qilishga chaqiramiz.

27 May 2022, 02:22 | Savol-javoblar | 151 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar