Ro‘zamda shubxam bor

Assalomu alaykum! Ro‘zador xolatimda, milkim qonab og‘zimga maza bersa va men ushbu xolatda tufugim ichimga o‘tgan yoki o‘tmaganligini aniq bilmay, shu kungi ro‘zani oxirigacha tutib keyin shubxalansam qazo menga vojibmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Shubha bilan ro‘za ochilmaydi. Shariatda “Al yaqiyn laa yazuulu bishshakk” degan qoida bor. Ya’ni aniq pok narsa shubha bilan nopokka aylanmaydi. Qolgan narsalarni ham shu qoidaga solinaveradi. Masalan tahorati aniq bor inson tahorati ketgan yoki ketmaganida shubha qilib qolsa shakk bilan tahorat ketmaydi. Sizni g‘olibi gumoningiz yutib yuborganingizga bo‘lsa qazosini tuting.  Vallohu a’lam!

26 May 2022, 04:07 | Savol-javoblar | 144 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar