G‘AZABIM-XATOIM

Assalomu a‘laykum va rahmatulloh SHAYH janoblari, sizdek zotni bizga ne‘mat qilib bergan ALLOH ga beadad hamdu-sanolar,sizdek olimlarga ilm o‘rgatib ketgan paug‘ambarimiz MUHAMMAD mustafo s.a.w ga durudu salomlar va salovatlar. Hazrat tushunaman sizga savol berishni uzi noo‘rindir, chunki siz bizga taqdim etayotgan ko‘plab kitoblaringizdan javoblar olsa buladi, deb o‘ylayman. Lekin hozir, SHAYH janoblari boshi berk kuchaga kirib qolganimdan sizga murojaat qilishga majbur bulyapman. Men safarga ketgan paytim, ayolimni ayrim hatolaridan qattiq g‘azablanib, unga katta shart qo‘yib qo‘ydim, Yana qayta aytishga tilim bormaydi, boshqa bunday ishlar qilmasin deb, ayolimga bir yil ichida ota-onang uyiga borsan, taloqsan,deb yubordim. 1-2 hafta utib, ayolim yana uyga borish mavzusini ochganida, men aytgan suzimni qaytib olmayman dedim. U shartimga ko‘ndi. Keyin zulm qilib quydim deb, afsuslandim. Kunlarning birida bir voqea bo‘ldi, ayolim uydagilar bilan mehmonga boradigan bulishdi. Yo‘lda ketayotib, ayolim yo‘l-yo‘lakay qaynionamnikidan (ya‘ni ota-onasinikidan), uyini oldidan o‘tayotib, (uning hayolida,agar uyimga kirsam, taloq tushadi, deb ) kirmasdan turib, ko‘chadan oladigan narsasini olib, o‘tib ketishgan. Men buni eshitib, havotirga tushdim, taloq tushdimikin, deb o‘ylanib qoldim. Men haliyam safardaman. Meni shu gumon qiynayapti. SHAYH janoblari shu holatda taloq tushadimi ? Agar tushmasa, men qo‘ygan shartdan qanday qilib qutulsa bo‘ladi, eki muddati tugagunicha sabr qilish kerakmi ? SHAYH janoblari oldindan sizga katta rahmat, ALLOH sizga ikki dunyo saodatini, yah‘shiliklarini bersin. AMIN !!!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Uyga kirmagan bo‘lsa, tushmaydi.

27 May 2022, 02:44 | Savol-javoblar | 159 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar