O‘z joniga qasd qilish taqdirni o‘zgartiradimi?
Assalomu alaykum! Xurmatli ustozlar, taqdirga oid savolim bor edi. Biz bilamiz albatta taqdirimizni Alloh belgilab, qancha umr kechirishimiz, kim bilan umr kechirishimiz, oxiratimiz qanday bo‘lishi va hakazolarni o‘lchab qo‘ygan. Biz bunga iymon keltirganmiz. Shu jumladan qaysi soniyada o‘lim topishimizni ham aniq belgilab qo‘ylgan. Endi inson xar xil holatda jon beradi. Kimdur unga suyqasd qiladi, kasal bo‘lib, yoki to‘satdan, ayniqsa eng yomoni o‘z joniga qasd qiladi. Inson taqdirini xisobga olganda o‘z joniga qasd qilmasa o‘lmay qolishi mumkinmi? Yoki aynan o‘sha paytda o‘ladiyu lekin o‘lim shakli o‘zgaradimi? Agar o‘lmay qolishi mumkin bo‘lsa inson o‘z taqdirini o‘zi belgilab qo‘yishi mumkin ekanda? Har qaysi xolatda ham jonni Allohni xoxishi bilan o‘lim farishtasi oladiku to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bunday suratda inson o‘ziga berilgan ixtiyorni e’tiborga olish kerak va shu ixtiyordan to‘g‘ri yo‘lda foydalanishga harkat qilish kerak. Vallohu a’lam!
27 Aprel 2022, 17:51 | Savol-javoblar | 166 | Aqiyda