Abdulloh ismi to‘g‘risida

Assalomu aleykum, shayx xazratlari. Sizga savolim quyidagicha: Yaqinda ukam farzandlik bo‘ldi, o‘g‘lini ismini Abdulloh qo‘ydi. Mendan bu ismning qanday yozilishini ’o‘radi, men Abdulloh deb yozishini maslaxat berdim. Endi o‘g‘lini chaqirayotganda unga Abdullohmas, balki Abdullox deb murojaat qilishmoqda, ya’ni oxirgi H xarfini qattik talaffuz qilib (xuddi arab tilidagi "xo" xarfidaka), bunday qilish mumkinmasligini aytdim, undan ko‘ra umuman bu xarfni talaffuz qilmasa xam bo‘ladi dedim. Unda bu ismni qisqartirish bo‘lishini, ismni to‘liq aytish niyatida, aynan shu x xarfiga urg‘u berilayotganini tushuntirishdi. Bunday tarzda talaffuz qilish ismning ma’nosini buzishga olib kelmaydimi, axir, olamlarning robbisi Alloh :jj ning ismini qanday buzib aytish mumkin. Shu sharoitda qanday maslaxat berasiz, yana ularga bu haqda ta’kidlab aytaymi yoki bir marta aytganning o‘zi kifoyami?Yoki bu juda katta xatolar turkumiga kirmaydimi?Keyin qarindoshlarga tushuntirishda me’yor qanaqa bo‘ladi, qachon tushuntirishdan to‘xtab insonning o‘ziga qo‘yib berish kerak va qachon tushuntirishda, ogohlantirishda davom etish kerak?Har bir ko‘rib turib oldi olinmagan ishda (faqat til orqali ogohlantirlsa) gunoh qanchalik katta bo‘ladi, javobi qanaqa bo‘ladi?Agar ogohlantirmoqchi bo‘layotgan odamingiz gapingizni eshitishni xam xoxlamasachi, o‘zgarish xayoliga xam kelmasachi, ogohlantirishda davom etish kerakmi yoki bu ishdan foyda chiqishi gumonmi, faqat duo qilish kerakmi?Ko‘p savol berganim uchun uzr, lekin bunga o‘xshash savolni izlashdan topa olmadim, takror bo‘lsa kechiring. Javobingiz men uchun juda muhim, chunki yaqinda bir tanishim, qarindoshlar uchun jon kuydirish, qiyomatda javobini beraman harakat qilmasam deb, juda qattiq harakat qilish bu shaytonning vasvasalaridan biri ekanligini aytdi. Men shu vasvasaga uchraganga o‘xshayman, ko‘pincha qattiq gapirib yuboraman, fikrimni singdirishga harakat qilaman, ogohlantirishlarim juda ko‘p, xullas me’yorni bilmayman...
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Yo‘q. Ularga ta’sir o‘tkazishga harakat qilaverish lozim.

27 May 2022, 02:57 | Savol-javoblar | 165 | Ta’lim va muta’allim
|
Boshqa savol-javoblar