Qizlar ro‘zani arafa kuni ochib yuborsa

Assalomu alaykum! Qizlar arafa kuni ro‘zasini ochsa bo‘ladi deb eshitib qoldim. Bu qanchalik to‘g‘ri?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu fatvoni beruvchilar ro‘zasini ochdirgan barcha ro‘zadorlarning gunohini zimmalariga yuklab olgan bo‘ladilar. Shariatimizda falon kuni ertaroq ochiladi degan narsa yo‘q. Bu din dushmanlarining o‘ylab topgan makrlaridan biri.  Vallohu a’lam!

25 May 2022, 18:09 | Savol-javoblar | 144 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar