Kandolatchilardan savol
Assalomu alaykum xurmatli shayx xazratlari!Kandolat tsexida ishlaymiz. shokolad va pechenie maxsulotlari chikaramiz. Maxsulotlarni xidi doimo dimogimizga urib turadi. Tsexdagi xarorat xam yukori buladi, ayniksa pechenie tsexlarida juda issik buladi ruza tutish ancha mushkul. Kuchimiz etgancha tutishga xarakat kilamiz, lekin juda kiyin, ba’zi ishchi va xodimlarimizda xushidan ketib kolish xollari bulgan. Ramazon oyida ishni ishni butkul tuxtatib kuyish yoki xamma ishchilarni ta’tilga chikara olmaymiz, turli muammolar kelib chikadi, xamda xammamizning xam tirikchilik manbaimiz shu ishimiz. Shunday tsexlarda ishlovchi ishchi va xodimlar ruzalarini kunlar salkinrok bulgan fasllarda, ta’tilga chikganda, keyinrok tutib berishsa buladimi? Savolimizga izlab javob topa olmadik, shuning uchun Sizga murojat kilishga karor kildik.Javobingiz uchun katta raxmat.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Agar kasbini tark qilsa, kuni o‘tmaydigan bo‘lsa, ro‘za tutsa, kasbini qila olmay qolsa, uzrli hisoblanadi. Bu toifaga nonvoy, temirchi va kon ishchilari kabilar misol bo‘ladi. Ular saharlikni qilib ro‘zani niyat qiladilar. Ish davomida hollari chatoq bo‘lib qolsa, ro‘zani ochib, keyin qazosini tutishadi.Ammo, ular ushbu kasblaridan boshqa yo‘l bilan yoki ishni kamaytirish orqali tirikchilik o‘tkazib turishlari mumkin bo‘lsa, uzrli hisoblanmaydilar.
27 May 2022, 03:03 | Savol-javoblar | 153 | Ro‘za