Avtoulovlar ijarasi
Assalomu alaykum! Men avtoulovlarni o‘ziga qolib ketish sharti bilan ijara (vыkup)ga berish bilan shug‘ullanaman. Xar bir ijarachim bilan shartnoma tuzaman. Shartnomada, to‘lov kechiktirilsa yoki to‘lanmasa, avtoulov olib qo‘yilishi va shu kungacha to‘langan pullar umuman qaytarilmasligi ko‘rsatib o‘tilgan. Bir ijarachim 2 oydan beri pulini tolaolmagani uchun avtoulovni olib qo‘ydim va muxlat berdim, bergan muxlatim davomida xam pulini olib kelib bermadi. Endi mendan oldin tulagan pullarini qaytarishimni talab qilayapti, bo‘lmasa noroziman deyapti. Shuni pulini qaytarmasam menga xarom bo‘lib qolmaydimi, ushbu xolatda «noroziman» degani o‘tadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Shu kabi ishlar juda ko‘p hollarda janjallarga sabab bo‘lmoqda. Bor boricha, yo‘q holicha yashagani ma’qulroq edi. Tortib, olib qo‘yishingiz joiz emas. Bu kabi ishlar jonli majlisda hal qilinadi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 08:09 | Savol-javoblar | 148 | Moliya va tijorat