namozdagi nuqson

shayx xazratlari Alloh ilmingizni bundan ham ziyoda qilsin.Savolim quidagicha bazi paytlarda (Alloh kechirsin) namoz o‘qiyatganomda (balki iymonimiz zayfligidandir) 3-chi yoki 4-chi rakatligini bilmay qolaman. Shu tufayli 3 yoki 5 rakat oqib qoyish havfi bor. Shunday vaziyatda nima qililshim kerak? Savolim noo‘rin bo‘lsa avvaldan uzr so‘rayman. Allloh sizdan rozi bo‘lsin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
-Namozda necha rak’at o‘qiganini bilmay, shak qilib qoldi. Uchmi, to‘rtmi, bilmaydi. Agar bu uning umridagi birinchi unutishi bo‘lsa, namozni yangitdan boshlaydi.Agar shaki ko‘paygan bo‘lsa, gumonining g‘olib tarafini oladi.Agar unutishi ko‘p bo‘lsa, g‘olib gumonga bino qiladi. Agar g‘olib gumoni bo‘lmasa, ozini oladi.Abu Sa’iyd al-Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat:«Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Qachon biringiz namozda shakka tushib qolsa, bas, qancha o‘qiganini bilmay qolsa, uch rak’atmi, to‘rt rak’atmi? Bas, shakni tashlasin va o‘zi qattiq ishongan tomoniga bino qilib o‘qisin. So‘ngra salom berishidan oldin ikki marta sajda qilsin. Agar besh rak’at qilgan bo‘lsa, o‘sha ikki sajda uning namozini juftga aylantiradi. Agar to‘rt rak’atni tamom qilish uchun o‘qigan bo‘lsa, u ikki sajda shaytonning burnini erga ishqagan bo‘ladi», – dedilar».Muslim, Abu Dovud va Ahmad rivoyat qilishgan.Agar g‘olib bo‘lmasa, ozini oladi.Abdurrohman ibn Avf roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:«Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Qachon biringiz namozida unutib qolib, bir rak’at o‘qidimi, ikki rak’at o‘qidimi, bila olmay qolsa, bir rak’at o‘qidim, deb olsin. Agar ikki rak’at o‘qidimi, uch rak’at o‘qidimi, bila olmay qolsa, ikki rak’at o‘qidim, deb olsin. Agar uch rak’at o‘qidimi, to‘rt rak’at o‘qidimi, bila olmay qolsa, uch rak’at o‘qidim, deb olsin va salom berishidan oldin ikkita sahv sajdasi qilsin», – dedilar.Ahmad va Termiziy rivoyat qilishgan.

27 May 2022, 03:12 | Savol-javoblar | 181 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar