Payg‘ambar Allohni o‘rinbosarimi?
Assalomu alaykum! Payg‘ambar Allohni o‘rinbosarimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qur’oni karimda Alloh taolo butun insoniyatni, shu jumladan payg‘ambarlarni er yuzida xalifa qilganligini, ya’ni Alloh taoloning hukmini yurgizish mas’uliyatini yuklaganini aytadi. Alloh taolo “Baqara” surasida quyidagicha marhamat qiladi: وَإِذْ قَالَ رَبُّكَ لِلْمَلاَئِكَةِ إِنِّي جَاعِلٌ فِي الأَرْضِ خَلِيفَةً قَالُواْ أَتَجْعَلُ فِيهَا مَن يُفْسِدُ فِيهَا وَيَسْفِكُ الدِّمَاء وَنَحْنُ نُسَبِّحُ بِحَمْدِكَ وَنُقَدِّسُ لَكَ قَالَ إِنِّي أَعْلَمُ مَا لاَ تَعْلَمُونَ 30. Esla, vaqtiki Robbing farishtalarga: «Albatta, Men er yuzida xalifa qiluvchiman», – dedi. Ular: «Unda buzg‘unchilik qiladigan, qon to‘kadigan kimsani qilasanmi? Holbuki, biz Seni hamding ila poklab yod etib va Seni muqaddaslab turibmiz», – dedilar. (U Zot:) «Men siz bilmaydigan narsani bilaman», – dedi.
Ushbu oyatdan ma’lum bo‘lyaptiki, Alloh taolo Odamning O‘zining er yuzidagi o‘rinbosari – xalifasi bo‘lishini iroda etgan ekan. Demak, insonga ulkan ishonch bildirilgan, u ulug‘ Allohning xalifasi bo‘lishdek oliy maqomga loyiq ko‘rilgan. Bunday marhamatning o‘ziga yarasha buyuk mas’uliyati ham bor. Inson shuni anglagan holda, uni xalifa qilib qo‘ygan Zotning topshiriqlarini bajarmog‘i, yaratgan Zot munosib ko‘rgan oliy maqomga dog‘ tushirmaslikka harakat qilmog‘i kerak.
Sod surasida:يَا دَاوُودُ إِنَّا جَعَلْنَاكَ خَلِيفَةً فِي الْأَرْضِ فَاحْكُم بَيْنَ النَّاسِ بِالْحَقِّ وَلَا تَتَّبِعِ الْهَوَى فَيُضِلَّكَ عَن سَبِيلِ اللَّهِ إِنَّ الَّذِينَ يَضِلُّونَ عَن سَبِيلِ اللَّهِ لَهُمْ عَذَابٌ شَدِيدٌ بِمَا نَسُوا يَوْمَ الْحِسَابِ 26. Ey Dovud, albatta, Biz seni er yuzida xalifa qildik. Bas, odamlar orasida haq ila hukm yurit. Havoyi nafsga ergashma! Yana u seni Allohning yo‘lidan adashtirmasin. Albatta, Allohning yo‘lidan adashadiganlarga, unutganlari uchun, hisob kunida shiddatli azob bordir.
Inson zoti, aslida, Alloh taoloning er yuzidagi xalifasi (o‘rinbosari) hisoblanadi. Bu haqiqat boshqa oyatlarda alohida ta’kidlangan. Ushbu oyatda esa zimmasiga odamlar orasida hukm qilish mas’uliyati yuklangan Dovud alayhissalomga o‘xshash insonlarga xalifalik yana ham og‘ir vazifa ekani ta’kidlanmoqda.
«Ey Dovud, albatta, Biz seni er yuzida xalifa qildik».
Ya’ni «Biz seni er yuzida o‘zimizga o‘rinbosar qilib qo‘ydik. Sen u erda odamlarning ba’zi ishlarini boshqarasan. Bu senga juda katta mas’uliyatdir. Uni ado etishda ehtiyot bo‘l».
«Bas, odamlar orasida haq ila hukm yurit».
Shunday ekan, Allohning bandalari orasida adolat bilan hukm yuritadi. ("Tafsiri Hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!
14 May 2022, 04:02 | Savol-javoblar | 157 | Islam