Duo bilan so‘ramoqning farqi?
Assalomu alaykum hazrat."Ruhiy tarbiya"kitobingizdagi "duo rizoga hilof emas" mavzusini o‘qigandim. Shu sababdan bir savolim bor edi." Abu hurayra r.a.dan: " Rosululloh s.a.v.:" Har kecha Robbimiz taboraka va taolo tunning uchdan biri qolganda dunyo osmoniga tushadi va: " kim menga duo qiladi men unga ijobat qilsam, kim mendan so‘raydi men unga ato qilsam , kim menga istig‘for aytadi , men uni mag‘firat qilsam" , dedilar". ( beshovlari rivoyat qilishgan).ushbu hadisda Rosululloh s.a.v. Duo qiluvchi bilan so‘rovchining, ijobat bilan atoning orasini farqlamoqdalar" deyilgan ekan . Hazrat ijobat bilan atoning orasini tushundim. Men bilmagan narsa , Duo qiluvchi bilan so‘rovchining farqi qanday bo‘ladi? Oldindan rahmat. Allohim rozi bo‘lsin!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Ijobat duoning qabul bo‘lishi. Ato so‘ralgan narsaning berilishi. Duo qiluvchi butun vujudi bilan Allohga yo‘nalish. So‘rovchi o‘ziga kerak bo‘lib turgan narsani berilishini istab turgan odam.
27 May 2022, 03:17 | Savol-javoblar | 136 | Turli savollar