Quyidagi fikrimga shariat nima deydi?

Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Bir hadisda, subhgacha uxlab qolgan odamning qulog‘iga shayton bavl qilib ketishi aytilgan edi. Va men subhgacha deyilgan so‘zdan murod tahajjud emas, bomdod deb tushungan edim va quyidagi fikrga kelgan edim. Ya’ni, aqida kitoblarida o‘qiganimiz, Allohning barkamol sifatlari bor. Alloh xohlasa qilish yoki qilmaslikka izn berib turib, ya’ni naflga, ketidan yana U Zotni O‘zi ixtiyoriy amalni qilmagan bandasini xorlab qo‘yishi Allohning barkamol sifatlariga to‘g‘ri kelmaydi. Tahajjud ixtiyoriy amal, shayton musulmon bandaning qulog‘iga bavl qilishi esa, ixtiyoriy amalni qilmagani uchun xorlanishdir. Nafl uchun xorlash Allohni sifatlariga mos emas deb bilamiz. Ibn Umar roziyallohu anhu qanchadir vaqt tahajjudni o‘qimaganlar. Agar subhgacha uxlab qolgan odam haqidagi rivoyatdagi subhdan murod, tahajjud edi deb tushunsak, ibn Umarning ham quloqlariga shayton vaqtincha bavl qilgan bo‘ladi, (na’uzu billah). Ana shu mulohazalarga shariat nima deydi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Mazkur hadisdagi, subhgacha, deyilgan so‘zdan murod tahajjud emas, bomdoddir. Boshqa gaplar ortiqcha.

26 May 2022, 20:05 | Savol-javoblar | 205 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar