Mushak orasida muolaja

Assalomu alaykum! Oyim shifokorlar, tahoratlari bor bo‘lsa ham mushak orasidan muolaja qilganlaridan so‘ng tahoratim buzildi deb uylab namoz o‘qishdan oldin yana tahorat oladilar. Savolim shundan iboratki mushak orasidan muolaja qilinsa tahorat buziladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Doktor kimnidir mushak ostiga ukol qilsa yoki kimdir o‘ziga insulin ursa tahorat sinmaydi. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 16:42 | Savol-javoblar | 152 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar