Marhumlarning kafforotlari

Assalomu alaykum Xazrat. Sizga savol bilan murojaat qilmoqdaman, savolimda xatoliklar o‘tsa uzr. Xazrat Kifoya 1-chi kitobining 410 betida qazo namozini o‘qishlik haqida "Kim uzrsiz, hatto imo bilan o‘qishga qodir bo‘la turib olti namozdan ziyodni qoldirgan bo‘lsa, kafforot berishni vasiyat qilmog‘i lozimdur. Ramazonda uzrsiz ro‘za tutmagan odam ham shunga o‘hshashdir. Ularning fidyasi va kafforoti qoldirgan merosining uchdan biridan beriladi. O‘lganning valiyi fidyani o‘z hisobidan bersa, bo‘ladi. Fidya va kafforotning miqdori bir kunlik namoz uchun yarim so’ bug‘doy (1087,5 gr) yoki uning qiymati va bir kunlik ro‘za uchun ham shuncha bo‘ladi. Xazrat man shuni o‘qib qaynona - qaynotamlarni hayotlik chog‘larida o‘qimagan namozlarini fidyasini berishimmizni tushundim, ammo yarim so’(1087,5gr) bug‘doyni hozirgi vaqtidagi necha kg bug‘doyga tengligini bilmay hayron bo‘layotgandim. Sizning Odoblar xazinasi kitobini ikkinchi juzi 336-betida 255-bob. Alloh yo‘lida brodariga taom berish. 566.Alidan rivoyat qilinadi:"Bir necha brodarlarimni to‘plab, bir yoki ikki so’ taom berishim men uchun bozoringizga borib bir qul ozod qilishimdan mahbubroqdir".Sharh: So’ - taxminan to‘rt kilogramm arpa yoki bug‘doy sig‘adigan, o‘lchov birligi sifatida foydalanilgan idish. Xazrat bundan xulasi bir so’ xozirgi kunda to‘rt kilogrmm bug‘doyni qiymatimi? Xazrat( namoz uchun yarim so’ bug‘doy (1087,5 gr)) xozirgi ikki klogramm bug‘doyga tengmi? Bug‘doyning qanday navining farqi yo‘qmi, savolimni berishimdan maqsab dinimmizga shariat buyurganidek amal qilish holos. Din yo‘lida qilayotgan ishlaringizni Olloh davomlik qilsin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Ha. Ikki kilo.

27 May 2022, 03:46 | Savol-javoblar | 148 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar