Otkad
Assalomu alaykum! Men oldin logistika firmasida ish o‘rganib keyin u ishni uyda davom ettirdi. Ishim shundan iborat: men katta yuk mashinalarga yuk topib beraman, topib berganim uchun ular menga 50-100ming so‘m pul tushirib berishardi (o‘zlari rozi bo‘lib). Biz buni otkad deb atardil. Keyinchalik otkad tushunchasi xarom deb eshittim darhol u ishni to‘xtatdim. Muammo shundan iboratki uyda faqat onam rozg‘or tebratib 5 ta odamni boqadi. Men universitetda o‘qiyman. O‘sha ishni qilgan paytim ancha onamga katta yordam bo‘lgandi. U ishni uyda bemalol qila olardim o‘qishdan bo‘sh paytim, hozir o‘qish tufayli ishlolmayman biror joyda. Ishimni to‘xtatganimdan beri onam ancha qiynalib qoldi, mendan hafadek yordam bermay qo‘yganimga. Shu narsa rostan xarommi? Yoki u ishni davom ettirsam bo‘ladimi? Kontraktman. Juda muhtojmiz to‘g‘risi pulga.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Yuk mashina egalariga yuk topib berganingiz uchun ular sizga oldindan kelishilgan muayyan miqdordagi hizmat haqi to‘lashsa, hamda, bu yuklar shariatda harom qilingan xamr, cho‘chqa kabi narsalar bo‘lmasa, u haqni olishingiz joiz.
Agar bu ishda, siz bizga ma’lum qilmayotgan boshqa jihatlar bo‘lsa ularni ham ayting, ko‘rib chiqib javob beramiz. Nomini “otkad” deb aytish uni haromga aylantirib qo‘ymaydi. Vallohu a’lam!
13 May 2022, 17:54 | Savol-javoblar | 159 | Moliya va tijorat