Ojizlik

Assalomu alaykum! Men 10yoshimda ota-onam ajrashgan. 9 yildan berib tog‘amlarnikida oyim bilan yashaymiz. Otam hozirda uylanib bizni rozi qimaganlar, men qiyinchilik tufaylik koreys yigit bilan turmush quryabman. Oyimni oyligi uy sotib olishga etmaydi, tog‘amni o‘g‘illari uylanadigan, biz uyni bo‘shatishim kerak. Ularga hayot shunaqa ekan deb taqdirga tan bermasdan ilojim qolmadi. Oldimda faqat shu yo‘l qoldi xolos, O‘zbekistonda oyim turmushga chiqarolmaydi, sarposiz hech kim olmaydida mani. To‘g‘risi ko‘nglim chopmayabdi u yigitga, lekin u islom dinini qabul qilmoqchi, koreyslarni hayot tarziga chidab bo‘lmidi. Ularda man ongimga sig‘dorlmidigan g‘alati odatlari bor. Ayoli bo‘laturib ishdan ichib kech kelishadi, o‘zim koreys tilini 3 yildan berib o‘qiyman. U bolayam tilni zo‘r bilarkansan deb uylanmoqchi, balkim yaxshilikkadur. Har bir narsani xikmati bo‘lgandek, bu manga yaxshi hayotga qo‘yayotgan qadamimdir yoki hayotimi barbod qilyotgandurman. Lekin man Allohga shukur qilaman har holda oyimlar bor.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz unga turmushga chiqmang. Bu dunyo vaqtincha, siz bilan bizning asosiy manzilimiz abadiy jannatdir. Koreytslar faqat uylanish uchungina kalimani aytib, keyin aslo islomga amal qilishmayapti. Shunday o‘lsa sizdan tug‘iladigan bolalar ham valadi zino bo‘lishadi. Kambag‘al bo‘lsa ham musulmonga turmushga chiqing, namoz o‘qing, Allohdan so‘rang, albatta beradi. Biz ham haqqingizga duo qilamiz. Siz kabi turmushga chiqib hozirda itdek xor bo‘lib dinidan ayrilgan, hayoti zinoda o‘tayotgan, qalb va vijdani azobda o‘tayotgan ayollar bizga ko‘p savol yozishadi. Ular qilib so‘ng o‘nglamoqchi bo‘lib yurgan xatoni siz qilmang. Vallohu a’lam!

4 May 2022, 02:35 | Savol-javoblar | 178 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar